GANODERMA

GANODERMA TARIXI

GANODERMA

Reishi qo`ziqorini yoki Mao Tszedunning eng sevimli dorisi.
Reishi – noyob qo`ziqorin. Uning birgina “kamchiligi” taxirligi.

Reishi qo`ziqorini yoki Mao Tszedunning eng sevimli dorisi.
Reishi – noyob qo`ziqorin. Uning birgina “kamchiligi” taxirligi. Bu Xitoy xalq tabobatida eng mashxur, eng qadimiy, eng qimmatli qo`ziqorin. Xitoyda uni “LinChji”, Rossiyada “Trutovik Lakirovanniy”, Biologlar “Yorqin Ganoderma”, Yaponiyada va dunyoning ko`pgina mintaqalarida Reishi sifatida mashxur.

Bu Xitoy xalq tabobatida eng mashxur, eng qadimiy, eng qimmatli qo`ziqorin. Xitoyda uni “LinChji”, Rossiyada “Trutovik Lakirovanniy”, Biologlar “Yorqin Ganoderma”, Yaponiyada va dunyoning ko`pgina mintaqalarida Reishi sifatida mashxur.

Reishi Tarixi
Ganoderma Lucidum (Reishi), Xitoy (LinChji), Yaponiya va Koreada 4 ming yillik tarixga ega. Lotinchada “Lucidum” “Yorqin”, “Yaltiroq” kabi ma`nolarni anglatadi, chunki qo`ziqorin qalpog`i yaltirab turadi. Ganoderma Lucidum haqidagi ma`lumotlar va bilimlar avloddan – avlodga o`tib kelgan. Reishi haqidagi ilk xotiralar Xitoyda imperator Shi-Xuang boshqargan davrda paydo bo’lgan. (er. av 259-210 yillar) aynan shu imperator davrida Buyuk Xitoy devori qurilgan. Ganoderma Lucidumni ishlatish o`sha davrlarda quyidagi xastaliklarda qo`llanilgan: nevrosteniya, uzoq xastalikdan so`ng tiklanish, anoreksiya, surunkali gepatit, yurak xastaliklari, gipertoniya, bronxial astma, bosh aylanishi, uyqusizlik, impotensiya.

Fu Lin ismli kambag`al-yetim qiz haqida qadimda afsona bo`lib, u ham chiroyda, ham mehnatsevarlikda tengsiz ekan. Ammo, hattoki axlat yig`uvchi ishchilar ham unga uylanishni istashmas ekan. Chunki unda sariq chaqa ham yo`q ekan.
Kunlardan birida Fu Linning tushiga oppoq qanotlarda uchib kelgan yigit kiribdi va “xo`jayinlarining uyidan ikki chaqirim naridagi qurigan olxo`rini sug`orib tur, sen taqdirlanasan…” debdi. Qiz maslahatga quloq tutib erta tongda turib, buloqdan suv olib, yo`l uzoq bo`lishiga, charchashiga qaramay qari qurigan olxo`ri daraxtini sug`oribdi.
Qishloq aholisi bechora qizning ustidan kulishar, xo`jayinlari esa bekorchi ish bilan shug`ullanmasligi uchun yana ko`p vazifa buyurishar edi. Ammo yangi kun boshlanishi bilan bechora Fu Lin qari olxo`ri tomon yig`lagancha yo`l olardi.
Va kunlardan bir kun u mo`jizaga duch keldi – qari qurigan olxo`ri poyasida Reishi qo`ziqorinlari o`sib chiqibdi. Bu qanday qimmatbaho topilma ekanligini u yaxshi bilardi, chunki ularning qishlog`ida qo`ziqorin yig`uvchilar bo`lib yillab Reishini yig`ish uchun harakatda yurishardi va uni shaharda oltinlarga baholashardi.
Fu Lin qo`ziqorinlarni terib olib, uni katta miqdordagi mablag`ga pullaydi va o`ziga sep-sidirg`a, qo`shni qishloqdan esa uy olib tez orada mehribon va omadli yigitga turmushga chiqadi. Qari olxo`ri poyasida esa qo`ziqorinlar boshqa o`smadi, garchi butun qishloq ahli uni sug`orishga tushgan taqdirda ham. Va qishloq ahli Reishini o`stirgan suv emas balki Fu Linning o`z hayotidan, yetimlik dardidan aziyat chekib to`kkan ko`z yoshlari ekanligini anglab yetdilar.
Va shundagina ular Fu Lin uchun xursand bo`lib, bag`ritoshlikdan voz kechdilar.

Haqiqatan ham Ganoderma Lucidumni yovvoyi holda yetishtirish juda murakkab bo`lib, lekin uning dorivorlik xususiyati juda qadrli edi. Xitoy vrachlari bir marta Reishini yig`ish va uni sirini saqlagan holda pullash orqali ancha yil davomida yaxshi yashashi mumkin edi.

Reishini madaniylashtirishni 1972 yilda shifobaxsh qo`ziqorinlar bilan qiziquvchi bir yapon fermeri ancha yillik tajribalardan so`ng kashf qilgan va ilk bor “qo`ziqorin fermasida” Reishini yetishtirishni boshlagan.

GANODERMA