GANOIRT

BIZ HAQIMIZDA

GANOIRT
Gano Excel Xalqaro Korporatsiyasining O’zbekistondagi «GANO IRT MEDICUS» klinikasi
(GANO IMMUNO REFORM THERAPY) ma’lum bo`lgan barcha kasalliklarni davolashning
evolyutsion usulini – immuno reform terapiyani taklif etadi.
Bizning davolanish usulimiz qadimgi Tibet va zamonaviy tibbiyotning uyg’unligidir.
Immunoreformoterapiya inson tanasining barcha a’zolari va tizimlarining funktsiyalarini normallashtirish orqali gumoral va hujayrali immunitetning imkoniyatlarinimodulyatsiyalashni o’z ichiga oladi.

Tananing kompensatsion mexanizmlarini hisobga olgan holda, biz bosqichma-bosqich quyidagi natijalarga erishamiz:
•organizmni toksinlar, zaharlar, parazitlar, erkin radikallar ta’siridan, kislotalashdan tozalash;
•makro- va mikronutrientlar tanqisligini tabiiy para- va fitonutritsevtikalar bilan
HUJAYRALAR DARAJASIDA to’ldirish;
•qizil daraxt qo’ziqorin GANODERMA LUCIDUMga asoslangan 100% tabiiy mahsulotlar bilan hujayrali va gumoral immunitetni immunomodulyatsiyasi;
•tananing tizim va funktsiyalarni normalizatsiyalashtirish orqali tiklanishi;
•terapevtik ta’sirga erishish

GANO IRT MEDICUS klinikasiga murojat qilgan barcha bemorlar uchun asosiy maqsadimiz:
1. HUMAN kompaniyasining yuqori texnologiyali laboratoriya uskunalarida, shu jumladan IFA usuli ishlatilgan holda yuqori sifatli va natijalarning dinamikasini kuzatish orqali diagnostika.
2. Qon, siydik tahlillari va instrumental tekshirish usullari (ultratovush, EKG, so’nggi avlod ROFES) natijalari asosida jigar, buyrak, oshqozon osti bezi, yurak va boshqa yashash uchun zarur bo`lgan organlarning faoliyatini monitoring qilish.
3. ONKOLOGIK BEMORLAR UCHUN O’SMA JARAYONINI REMISSIYASINI, O`SMANING MAHALLIYLASHTIRISHNI VA METASTAZLANISHNI TO`HTASHINING TURG`UN KLINIK VA LABORATOR YUTUQLARI.
4. Saraton va boshqa barcha kasalliklarga chalingan bemorlarning psixosomatik holatini yaxshilash.

GANO IRT MEDICUS klinikasida quyidagi barcha onkomarkerlarni aniqlanishi yo`llga qo`yilgan:
1. AFP alfa-fetoprotein – gepatotsitulyar karsinoma, germinomalar
2. СА 15-3 – sut bezi saratoni
3. СА 19-9 –Oshqozon osti bezi saratoni (asosan), boshqa oshqozon-ichak traktining xavfli o’smalari
4. СА-125 –tuxumdon saratoni (asosan), endometrium, o’pka, ko’krak bezi va oshqozon-ichak traktining boshqa qismlari saratonida ko`rsatgichi ko`tarilishi mumkin. Bundan tashqari ko`rsatgich ko`tarilishi endometrioz holatlarida ham qayd etilishi mumkin.
5. Saraton embrional CEA antigeni- oshqozon-ichak trakti, bachadon bo’yni, o’pka, tuxumdon, ko’krak bezi, siydik yo’llarining saratoni.
6. Insonning horyonik gonadotropini – trofoblastik o’smalar, germinomalar, xoriokarsinomalar.
7. Prostata spetsifik antigeni PSA – prostata saratoni Onkomarkerlar – bu saraton kasalining biologik muhitida joylashgan, odatda oqsil xususiyatiga ega bo’lgan maxsus moddalar. Shunday qilib, onkomarkerlar spetsifik bo’lishi mumkin, har qanday aniq bir turdagi o’sma bilan bog’liq yoki turli xil o’smalar mavjudligida aniqlanishi mumkin.

Onkomarkerini aniqlashda bajariladigan vazifalar:
1) Skrining
2) O`smaga qarshi terapiyaning samaradorligini aniqlash
3) Erta tashxis qo’yish va o’smalarning differentsial diagnostikasi
Yuqori malakali onkolog Umirov Shermuhammadning maslahati ko’p hollarda respublikaning yetakchi onkologlari va doktor Chong bilan hamkorlikda amalga oshiriladi (karantin paytida on-layn konsultatsiya). Bemor va uning qarindoshlarining roziligi bilan GANO EXCEL mahsulotlari yordamida maxsus immunoreform terapiyasi qat’iy kimyoviy terapiya va radioterapiya muolaja bilan birgalikda olib boriladi. Agar jarrohlik aralashuvi yoki statsionar davolanish zarur bo’lsa, bizning klinikamizdagi bemorlarga ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalariga rasmiy yo’llanma beriladi.

Sizning sog’lig’ingiz haqida qayg`urib GANO IRT MEDICUS klinikasi quyidagi xizmatlarni taklif etadi:
•Ambulator-konsultativ davolanish
•Endokrinologik ko`rik va tekshiruv
•Saraton, oshqozon-ichak kasalliklari, yurak-qon tomir kasalliklarida Valeologik yordam
va RATSIONAL ovqatlanish
•Kosmetologiya, soch transplantatsiyasi va plastik jarrohlik
•Mahalliy va tarqoq alopesiyani kompleks davolash, shu jumladan plazmolifting usuli
•Konservativ davo va umumiy mayda jarrohlik (papilloma, ateroma, gigroma va boshqalarni olib tashlash)
•Diabetik to`piqni kompleks davolash
•Fizioterapevtik muolajalar
•Massaj
•Igna refleksli terapiyasi
•ROFES apparati yordamida valeologning maslahati

Zamonaviy analizatorlarda umumiy klinik va biokimyoviy laboratoriya tekshiruvlari:
•Qon va siydikni batafsil tahlili
•Qonning biokimyoviy tekshiruvi
•Onkomarkerlar, TORCH infektsiyalari, IFA yordamida giardiya va askaridoz va boshqalar.)