RAKGA QARSHI

REISHI-RAKGA QARSHI

Reishi saraton kasalligiga qarshi qanday kurashadi.

To’liq spektrli Reishi dorivor qo’ziqorinlari, organizmni hujayra darajasida mustahkamlab, ko’plab kasalliklarni davolashda ishlatiladi.
•Ularda faol polisaharidlar va beta-glyukanlar mavjud bo’lib, ular immunomodulyatsion funktsiyani bajaradi va turli xil immunitet hujayralarini faollashtiradi, bu gomeostazni saqlash uchun juda muhimdir.
•Beta-glyukanlar tanadagi himoya kuchlarni faollashtirish bilan bog’liq bo’lgan biokimyoviy jarayonlarda ishtirok etadilar.
•Polisaxaridlar organizmga atrof-muhit va biologik stresslarni yengishga, immun, gormonal va asab tizimlarini faollashtirishga yordam beradi.
•Davolash qo`ziqorinlar saraton hujayralariga salbiy ta’sir qiladi (ko’payishni to`xtatadi), radiatsiya va kimyoterapiyaning yon ta’sirini susaytiradi.
•Qo’ziqorin tarkibidagi fitontsidlar turli xil viruslarga qarshi kurashadi va antioksidantlar qondagi xolesterin miqdorini kamaytiradi.
•Kuniga 1 kapsuladan 2 maxal

Salomatlik holatining monitoringi
Men o’zimning bemorlarim uchun foydalanishni tavsiya etadigan tizimni siz bilan baham ko’rmoqchiman.
Xavflarni aniqlash tizimi:
•o`zingizning salomatlik manbalaringizni baholang
•o`zingizning tarixini va oilaingizning tarixini o`rganing to`rtinchi-beshinchi avlodgacha (qanday kasalliklar kechirgan, ularni nima bezovta qilgan va nimadan vafot etganlari).
•saraton antigeni uchun skrining tekshiruvidan o’ting.

Xarajatlar: yiliga yarim soat-laboratoriyaga borsangiz (yoki o’n besh daqiqa, agar siz juda band bo’lib, laboratoriyani uyizga chaqirsangiz).

Yutuq: birinchi (yashirin bosqichda) saraton aniqlansa davolashning muvaffaqiyati – 95% imkoniyatiga ega, beparvo qilingan (to’rtinchi) holatda esa taxminan 10%. Shunday qilib, yutug`ingiz-bu sizning hayotingizdir. Sizning yutug`ingiz katta xarajatlarning oldini olish uchun imkoniyatdir.

Albatta, yiliga yigirma marta barcha turdagi tahlillarni topshirishning ma’nosi yo’q, chunki bu yutug`inguzni biroz oshiradi halos, ammo xarajatlarga sezilarli ta’sir qiladi. Shuning uchun, siz «Axilles tovonizga» ko’rsatilgan xavflar bo’yicha harakat qilishingiz kerak. Bu narsa har kimda bor. Bir hil buzuvchi omillar ta’siri ostida odamlarda ko’pincha turli xil kasalliklar rivojlanadilar, bu «qayerda yupqa bo’lsa, u yerda yirtiladi» tamoyiliga binoan sodir bo’ladi. Shuning uchun, maqqolda aytilganidek, «hayotingizda bir marta pichoq kerak bo’lsa ham, uni har kuni olib yurishingizga arziydi».

Sivilizatsiya kasalliklari:
•Saraton
•Yurak-qon tomir kasalliklari
•Ruhiy tushkunlik (depressiya)
•Qandli diabet
•Zaharlanish
•O’z joniga qasd qilish
•Shikastlanishlar
•Buyrak shikastlanishi
•Allergik kasalliklar
•Immunitetning susayishi
•Gormonal muvozanatning buzilishi
•Arterial gipertenziya
•Osteoporoz
•Semizlik
•Insult
•Ateroskleroz
•Miyokard infarkti
•Yurak ishemiyasi

Saraton kasalliklarining rivojlanishiga nima ta`sir qiladi.
Olimlar ushbu omillar saraton xavfini oshirishini isbotladilar:

Yoshi 50 dan 55 yoshgacha
Qarish bilan immunitet zaiflashadi va tana saraton hujayralarini bostirish qobiliyati yomonlashadi (ular barcha odamlarda shakllanadi, ammo oz miqdorda va normal immunitet ularni nazoratsiz ko’payishini oldini oladi).

Maslahat: Shifokorlar muntazam tekshiruvdan o’tishni maslahat berishadi.

Noto’g’ri ovqatlanish
Tadqiqotlar, ortiqcha vaznli odamlarda, shuningdek, hayvonlarning yog’lari va oqsillarini (go’sht) ko’p iste’mol qiladiganlar saraton kasalligiga chalinish ehtimoli ko’proq ekanligini tasdiqladi.
Maslahat: proteinli dietalarni suiiste’mol qilmang, ko’proq tolalar (sabzavotlar, mevalar) iste’mol qiling – bu saraton kasalligining oldini olishga yordam beradi.

Chekish
Sigaret chekadiganlarda o’pka saratoni 2 yoki 3 marta emas, balki 30 baravar tez-tez uchraydi va yaqinda o’tkazilgan tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, siydik qopi saratoni xavfi ham keskin oshadi (sigaret tarkibidagi zararli tar bu orqali chiqariladi), deya ogohlantiradi Andrey Kaprin.
Maslahat: Nikotinga qaramlikdan qutuling.

Irsiyat
Ko’krak saratoni, ayollarda jinsiy organlar va ichak saratonida eng katta rol o’ynaydi.
Maslahat: agar yaqin qarindoshlar bunday saraton kasalligiga duchor bo’lgan bolsa, siz onkolog bilan maslahatlashing, xavf darajasi va kuzatuv sxemasini aniqlang.

Kasallikni o’z vaqtida aniqlash uchun qanday tekshiruvlar kerak.
Onkologlarning aytishicha, dastlabki bosqichlarda saraton kasalligi 90 foizigacha davolanadi. Doimiy tekshiruvlar kasallikni aniqlashga yordam beradi va uni yengish ehtimoli yuqori bo’ladi.

Erkaklar
Onkologik tashxislar orasida birinchi orinda- o’pka saratonidir.
Preventiv diagnostikasi: yiliga bir marta fluorografiya, tibbiy ko’rik. (18,9%)

Tarqalish bo’yicha ikkinchi o’rinda prostata saratoni. Preventiv diagnostikasi – PSA testi (Prostata o’ziga xos antigen). (12%)

Uchinchi o’rinda – teri saratoni. Preventiv diagnostikasi: yangi hol va boshqa neoplazmalar paydo bo’lishi bilan dermatolog tekshiruvidan otish. (11,5%)

Ayollar
Tarqalish bo’yicha birinchi o’rinda- ko’krak saratoni. Preventiv diagnostikasi: 25 yoshdan boshlab, 2 yilda 1 marta – ko’krak ultratovush tekshiruvi. 40 yoshdan boshlab 1,5 yilda mammografiya va ultratovush tekshiruvi. (21%)

Ikkinchi o’rinda- melanoma va boshqa teri neoplazmalari. Preventiv diagnostikasi: yangi hol va boshqa neoplazmalar paydo bo’lishi bilan dermatolog tekshiruvidan otish. (16,5%)

Uchinchi o’rinda – bachadon saratoni. Preventiv diagnostikasi: ginekolog tekshiruvidan otish, yiliga bir marta vaginal surtma olish.

Saraton kasalligiga qarshi kurashning 10 bosqichi:
1.Meva, sabzavot va qo’pol tolali taomlarni ko’p iste’mol qiling.
2.Kam yog’li taomlarni iste’mol qiling.
3.O’z vazningizni nazoratda ushlang.
4.Faol turmush tarzini olib boring.
5.Spirtli ichimliklarni ko`p iste’mol qilmang.
6.Chekishni tashlash.
7.Teringizning holatini nazoratda ushlang.
8.Ayollar sut bezlarining holatini nazoratda ushlashi kerak.
9.Ayollar ginekologga muntazam tashrif buyurishlari kerak.
10.Har yili profilaktik tekshiruvlardan o’ting.

Agar quydagilar sizda kuzatilsa, shifokoringizga murojaat qiling:
•Doimiy yo’tal yoki hirildoq; uyqusizlik; yutish qiyinligi
•Ko’krak og’rig’i, ishtahani yo’qolishi
•Tana haroratining uzoq davomida baland bo`lishi
•Kuchli vazn yo’qotish (biron bir sababsiz)
•Og’riqsiz, kattalashgan limfa tugunlari
•Defekatsiya harakatining ritmida sezilarli darajada o’zgarish (aniq bo’lmagan sabablarga ko’ra)

O’smaning tanaga bo`lgan ta’siri:
Mahalliy ta’sir – bu atrofdagi to’qimalar va organlarning siqilishi yoki buzilishi. Mahalliy harakatlarning o’ziga xos namoyishlari o’sima joylashgan joyga bog’liq.

Davolashning asosiy usullari:
1.jarrohlik aralashuvi
2.nur terapiyasi
3.kimyoterapiya
4.bioterapiya
5.krioterapiya
6.gormon terapiyasi
7.immunoterapiya
8.kombinatsiyalangan davolash

O’z vaqtida o’simani qanday aniqlash mumkin?
Nimani va qanchalik tez-tez tekshirish kerak
Onkologlarning ta’kidlashicha, najot- erta tashxis qo’yishdadir

O’pka – fluorografi yoki kompyuter tomografiyasi (KT) yiliga 1 marta

Jigar – KT, MRT ko`rsatkichlariga ko’ra, onkomarker qon tekshiruvlari

Ichak – yiliga bir marta kolonoskopiya

Siydik qopi– siydikda qon paydo bo’lsa, darhol urolog yoki undan ham yaxshisi onkologga uchrashing

Suyaklar, yumshoq to’qima – og`rigan hududning rentgenogrammasi

Miya – MRT ko’rsatkichlari

Sut bezlari – 40 yoshdan keyin barcha ayollar uchun, 1-2 yilda 1 marta mammogramma, 40 yoshgacha – ultratovush va magnit-rezonans tomografiya (MPT) ko’rsatkichlarga ko’ra, onkomarker-15-3

Teri – terining muntazam tekshiruvi

Oshqozon – yiliga bir marta endoskopiya, onkomarker SEA

Boshqa ichki organlar (buyrak, oshqozon osti bezi, qalqonsimon bez) – yiliga bir marta ultratovush tekshiruvi

Bachadon bo`yini – sitologik tekshiruv uchun surtma, onkomarker CA-125

Prostata – 45 yoshdan keyin erkaklar prostata maxsus antigeni (PSA) uchun qon topshirish kerak.

Saratonning qaysi turlari eng keng tarqalgan?

Erkaklar
•O’pka saratoni (traxeya, bronxlar) 20%
•Ichak 11%
•Prostata bezi 10.7%
•Oshqozon 9,8%

Ayollar
•Sut bezlari 20%
•Ayol a`zolari (bachadon, tuxumdon, bachadon bo’yni) 15%
•Teri 15%
•Oshqozon 6.9%
•O’pka 3,9%
•Qolganlarning hammasi – tomoq, miya, suyaklar va boshqa o`smalar. 1-2% hollarda

Onkomarkerlar va ularning normal ko`rsatkichlari
O`sma joylashuvi:
Miya – NSE, oqsil S100
Dimog` va quloq– SCC, РЭА
O`pka – NSE, Cyfra 21-1, РЭА, SCC
Jigar – АФП, СА 19-9
Oshqozon osti bezi – СА 19-9, СА 242, РЭА
Yog`on ichak – REА, СА 242, СА 19-9, Tumor M2-PK (кал), yashirin qon (кал)
Ko’pli miyeloma – В-2-mikroglobulin, immunoglobulinlar (IgG, IgM, IgA, IgE)
Prostata – PSA, Erkin PSA
Mayak – AFP, ХгЧ
Siydik qopi – siydik qopi saraton markeri (UBC) (siydik), Cyfra-21-1
Limfoid tizim – В-2-mikroglobulin, ferritin


Qalqonsimon bezi – Klcitonin, Tireoglobulin, SEA
Qizilo`ngach – SCC, SEA
Ko`krak – СА 15-3, SEA
Oshqozon – СА-72-4, SEA, СА-19-9
Buyrak usti bezlari (feokromotsitoma)– Kateholamini (adrenalin, noradrenalin, dofamin)
Buyrak – Tumor M2-PК
Tuxumdon – СА 125, НЕ-4, СА-72-4, SEA
Bachadon (endometrium)– СА 125
Bachadon bo`yini – SCC, SEA
Teri (melanoma) – oqsil S-100
RAKGA QARSHI
GANO IRT MEDICUS klinikasida quyidagi barcha onkomarker analizlar tekshirishlari yo`llga qo`yilgan:
1. alfa-fetoprotein AFP– gepatotsellulyar karsinoma, germinomalar
2. СА 15-3 – ko`krak saratoni
3. СА 19-9 – Oshqozon osti bezi saratoni (asosan), boshqa oshqozon-ichak traktining xavfli o’smalari
4. СА-125 –tuxumdon saratoni (asosan), endometrium, o’pka, ko’krak va oshqozon-ichak traktining boshqa qismlarining saratonida ko`rsatkich ko`tarilishi mumkin. Ko’tarilishni endometrioz holatlarida ham qayd etilishi mumkin.
5. Saraton embriologik antigeni SEA – oshqozon-ichak trakti, bachadon bo’yni, o’pka, tuxumdon, ko’krak, siydik yo’llarining saratoni.
6. Insonning koryonik gonadotropini – trofoblastik o’smalar, germinomalar, xoriokarsinomalar.
7. Prostata spesifik antigeni PSA – prostata saratoni

Onkomarkerlar – bu saraton kasalining biologik muhitida bo’lgan, odatda oqsil xususiyatiga ega bo’lgan maxsus moddalar. Shunday qilib, onkomarkerlar spesifik bo’lishi mumkin, har qanday aniq bir turdagi o’sima bilan bog’liq yoki turli xil o’smalar mavjudligida aniqlanishi mumkin.

Onkomarkerlarni aniqlashda hal qilinadigan vazifalar:
1) Skrining
2) O`smaga qarshi terapiyasining samaradorligini aniqlash
3) Erta tashxis qo’yish va o’smalarning differentsial diagnostikasi

Yuqori malakali onkolog Umirov Shermuhammadning maslahati ko’p hollarda respublikaning yetakchi onkologlari va doktor Chong bilan hamkorlikda amalga oshiriladi (karantin paytida on-layn konsultatsiya). Bemor va uning qarindoshlarining roziligi bilan GANO EXCEL mahsulotlari yordamida maxsus immunoreform terapiyasi qat’iy kimyoviy terapiya va radioterapiya muolaja bilan birgalikda olib boriladi. Agar jarrohlik aralashuvi yoki statsionar davolanish zarur bo’lsa, bizning klinikamizdagi bemorlarga ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalariga rasmiy yo’llanma beriladi.