SIFAT NAZORATI

MAHSULOTNING SIFAT NAZORATI

SIFAT NAZORATI
Gano Excel – maxsulotni sifatini e`tiborga olib etishtirishdan boshlab qadoqlaguncha bo`lgan jarayonga aloxida e`tibor qaratadi. Sifat borasida gap ketganda biz tavakkalga qo`l urmaymiz, balki tadqiqotchilar va komanda bilan birga sifat nazoratini kuzatib boramiz, chunki aynan maxsulot sifati bizning asosiy boshqaruvchimizdir. Biz maxsulotlar bozoridagi rivojlanishlarni kuzatib borgan xolda, o`z maxsulotlarimiz innovatsiyasiga yondoshamiz.
Kompaniya tomonidan yetishtirilayotgan qo`ziqorinlar nixoyatda tabiiy va xavfsiz. Kompaniya maxsulotni tozalash,qayta ishlash, biologik faol qo`shimchalarni tayyorlashda o`ta zamonaviy uskunalar foydalanib xaridorga xavfsiz va foydali maxsulot yetkazib beradi.
Gano Excel – xar doim so`nggi bozor tendensiyalarini kuzatib boradi. Ilmiy izlanishlarni olib borgan xolda, yangi ming yillikning yangiliklari bilan yuzlashishga intiladi.
Biz maxsulotlarimizni doimiy ravishda kuzatib borgan xolda, ular tarkibida og`ir metallar,alkogol va boshqa zararli elementlar bo`lishiga yo`l qo`ymaymiz. Qayta ishlash va tadbiq etish ilmiy va tizimli metodi Gano iWorldWide maxsulotlarining yuqori sifatini kafolatlaydi.
Bu qo`ziqorinlarni yetishtirish jarayonida xech qanday ximik qo`shimchalar, pestitsidlar va gormonlardan foydalanilmaydi. Shuningdek yuqori sifatli maxsulotning quyoshdan nurlanish jaroyoni ham doimiy e`tiborda.
Ganoderma taxminan 3 oydan keyin yetiladi. Maxsulot yetishtitish qattiq nazoratda bo`lib, maksimal terapevtik qimmatga ega.
SIFAT NAZORATI
Kompaniya tomonidan foydalaniladigan texnologiya qo`ziqorinlarni tez va yuqori sifatda uch oygacha muddatda yetishtirish imkonini beradi. Mutaxassislar tomonidan yig`ilgan tajriba aynan qo`ziqorinlar uch oy o`sganda kerakli biologik faol qo`shimchalarni o`zida jam qilishi aniqlangan. Ikki oy o`sgan qo`ziqorinlarda xali barcha foydali moddalar bo`lmasligi, to`rt oy o`sganda esa ulardagi konsentratsiya miqdori pasayib ketishi isbotlangan.
Asosiy maxsulot va uning ishlab chiqarilish jarayoni bir qator xalqaro sertifikatlarga ega. Ulardan axamiyatga moliklaridan biri ISO 9001-2000 sertifikatidir.
SIFAT NAZORATI